Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

USAID rasman yopildi

USAID rasman yopildi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyati tugatilganini rasman e’lon qildi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Rubioning aytishicha, USAIDning asosiy dasturlari Davlat departamenti tasarrufiga o‘tkazilgach, agentlikni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Agentlikni tugatish jarayonini Byudjet va boshqaruv boshqarmasi direktori Rassel Vout boshqaradi.

Rubio postida shunday yozdi: “Prezident Tramp bilan suhbatda men hazillashib, to‘rtta ishim borligini aytdim. U esa menga: ‘Ulardan birini do‘stim Rassel Voutga ber’, dedi”.

Davlat kotibi USAID yopilishi orqali 2025 yilning yanvaridan boshlab amerikalik soliq to‘lovchilar uchun o‘nlab milliard dollar mablag‘ tejalgani haqida ham aytdi.

Avvalroq Ilon Mask — prezident Tramp tomonidan byudjet xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha komissiya rahbari etib tayinlangan — USAIDni tugatish ustida ishlayotganini bildirgan edi. Mart oyida agentlik dasturlarining 80 foizdan ortig‘i rasman to‘xtatilgani e’lon qilingan.

Shuningdek, USAID rahbariyati xodimlarga bosh ofisda saqlanayotgan barcha maxfiy hujjatlarni yo‘q qilishni buyurgani aytilmoqda. Bu qaror AQSh Senatida savollar va sud ishlariga sabab bo‘lgan.

USAIDning yopilishi AQShning xalqaro yordam siyosatida muhim burilish sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 10:37 30.08.2025. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!