Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘rtoqlik uchrashuvi. Messi hamda Ronaldu gol urgan bahsda "PSJ" "An-Nasr" va "Al-Hilol" yulduzlarini yengdi

O‘rtoqlik uchrashuvi. Messi hamda Ronaldu gol urgan bahsda "PSJ" "An-Nasr" va "Al-Hilol" yulduzlarini yengdi

"Pari Sen-Jermen" Saudiya Arabistonida "Al-Hilol" va "An-Nasr" yulduzlaridan tashkil topgan jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu bahsda Lionel Messi o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu dubl muallifi bo‘ldi.

"An-Nasr" va "Al-Hilol" yulduzlari – "PSJ" – 4:5

Gollar: 0:1 – Messi (3), 1:1 – Ronaldu (34, penaltidan), 1:2 – Markinyos (43), 2:2 – Ronaldu (45+6), 2:3 – Ramos (53), 3:3 – Chjan Xen Su (56), 3:4 – Mbappe (60, penaltidan), 3:5 – Ekitik (78). 4:5 - Taliska (90)

PSJ: Navas (Donnarumma, 62), Xakimi (Pembele, 62), Markinyos (Danilu, 46), Ramos (Bitshiabu, 62), Bernat, Ruis (Mendesh, 62), Soler (Garbi, 62), Sanshesh (Vitinya, 46), Neymar (Zair-Emeri, 62), Messi (Kari, 62), Mbappe (Ekitik, 62).

"An-Nasr" va "Al-Hilol" yulduzlari: Al-Ovays, Chjan Xen Su, Al-Bulayxi, Al-Ganam (Al-Avdjami, 46), Abdelxamid, Gustavo, Al-Xaybari (Kanno, 61), Martines (Karrilyo, 61), Marega (Taliska, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 61).

Foydalanilmagan penalti: Neymar (45+3).

Chetlatish: Bernat (39).

Kiritildi: 00:17 20.01.2023. O'qildi: 4600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!