Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

A A A
O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 04 noyabr kuni soat 11:00 da O‘rtachirchiq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbirida O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 39 yoshli Alimardon X.,ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qoplar va polietilen paketlar hamda 10 dona qog‘oz bo‘laklarga alohida qadoqlab maydalangan holda quritilgan “nasha” giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

O‘rtachirchiqda fuqaroning uyidan 8 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

Sud-kimyoviy ekspertizada, Alimardon X.,ning xonadonidan olingan qoplarda giyohvand modda - tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan kannabis o‘simligi deb atalishi va umumiy vazni 7089 grammni tashkil etishi, bundan tashqari polietilen paketda ham umumiy og‘irligi 1267 grammni tashkil etuvchi va 10 dona qog‘oz o‘ramlari ichidagi maydalangan holda bo‘lgan va 4,54 grammni tashkil etuvchi kannabis giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, Alimardon X.,ning uyidan olingan giyohvandlik vositalari umumiy vazni 8.360,54 grammni tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Alimardon X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Alimardon X., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:21 17.11.2020. O'qildi: 2085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!