“Los-Anjeles g‘arbidagi ofat zonasidan 30 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi”, deya xabar beradi mahalliy OAV.
Bu orada shamolning kuchayishi yong‘inni yanada avj oldirib, keng tarqalishiga olib kelmoqda, deb xabar bermoqda NBC News.
NBC News xabarida aytilishicha, 15 minga yaqin uy yong‘in xavfi ostida.
Pasifik-Paliseyds hududida amerikalik kino va shou-biznes yulduzlari yashaydi: Jennifer Eniston, Bredli Kuper, Tom Xenks, Riz Uizerspun, Adam Sandler va boshqalar.
Bular orasida AQSh vise-prezidenti Kamala Xarrisning qarorgohi ham bor.