Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga Erkin Muhitdinov direktor etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u 2024 yilning dekabridan buyon vazirlikning O‘rmon, bioxilma-xillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Erkin Muhitdinov 1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000 yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007 yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini tamomlagan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari, Ohangaron tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.