Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘quvchilarni maktabdan-maktabga ko‘chirish jarayoni vaqtincha to‘xtatiladi

A A A
O‘quvchilarni maktabdan-maktabga ko‘chirish jarayoni vaqtincha to‘xtatiladi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Ma’muriy reglament asosida amalga oshirilayotgan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati joriy yilning 31 iyuliga qadar to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga hamda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish jarayoni amalga oshiriladi.

O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 2025 yil 1 avgustdan davom ettiriladi.

Kiritildi: 21:00 01.07.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!