O‘zbekiston tarixida ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur turnir respublikaning barcha hududidagi o‘qituvchilarni qamrab oldi. Turnir tashkilotchilari Mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi va “Zakovat intellektual klubi” NNT.
Turnir nizomiga ko‘ra, turnir ikki (saralash va respublika) bosqichda o‘tkazildi.
Turnirning saralash bosqichi 24 sentyabr kuni respublikaning 14 ta hududida bir vaqtda o‘tkazilib, unda jami 605 jamoa, 4235 nafar o‘qituvchi qatnashdi. Saralash yakunida barcha hududdan jami 46 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Respublika bosqichiga yo‘l olgan jamoalar soni ta’lim muassasalari kesimida quyidagicha bo‘ldi:
33 ta maktab jamoalari;
10 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari;
3 ta o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasasi jamoalari.
Turnirning respublika bosqichi 46 ta jamoa ishtirokida 8 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida o‘tkazildi.
Respublika bosqichi o‘yini har biri 12 ta savoldan to‘rtta turda (jami 48 ta savol bilan) o‘tkazildi.
Keskin kurashlar ostida kechgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: Sodiq scholl nodavlat ta’lim muassasasi
2-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
3-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti
G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin - 100 mln so‘m;
2-o‘rin - 60 mln so‘m;
3-o‘rin - 40 mln so‘m.
Shuningdek, g‘olib jamoalarga maxsus tayyorlangan medallar topshirildi.
Turnir ishtirokchisi sifatida hududlardan Toshkent shahriga kelgan o‘qituvchilarning transport, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qoplandi.