Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘qishga kiritish evaziga 4000 dollar olgan firibgar ushlandi

O‘qishga kiritish evaziga 4000 dollar olgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabasi M.A. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:01 07.05.2019. O'qildi: 1605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!