Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

UNRWA G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatdi

UNRWA G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi G‘azo sektorida insonparvarlik yordami olib ketilayotgan transport vositalariga tez-tez sodir bo‘layotgan hujumlar sababli insonparvarlik yuklarini yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. UNRWA, shuningdek, Kerem Shalom chegara punkti orqali Isroildan yordam yetkazib berish chog‘ida "juda ko‘p xodimlari" halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

"Gumanitar agentlik xodimlari va yuklarni himoya qilish uchun mas’uliyat ishg‘ol qiluvchi davlat sifatida Isroil davlati zimmasida", BMT agentligi bayonotida.

UNRWA rahbari Filipp Lazzarinining aytishicha, G‘azo sektoridagi ocharchilik bilan bog‘liq vaziyat "tezkorlik bilan yomonlashayotgan" bir paytda insonparvarlik yordami yetkazib berish to‘xtatilgan. Shu bilan birga, Lazzarini Isroilni UNRWA faoliyatiga "to‘siqlar yaratish"da aybladi.

Kiritildi: Bugun 10:27. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!