Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Universitetning mansabdor xodimi pora bilan ushlandi

Universitetning mansabdor xodimi pora bilan ushlandi

➡️Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu ta’lim dargohining o‘quv xonalarini ta’mirlab bergan mas’uliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 mln so‘m pul mablag‘ini MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 35 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️ Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

🔴 Ta’kidlash lozimki, mazkur mansabdor shaxs muqaddam sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Kiritildi: Bugun 17:23. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!