Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

"O‘n yilliklar davomida O‘zbekiston noto‘g‘ri formula asosida rivojlangan"

"O‘n yilliklar davomida O‘zbekiston noto‘g‘ri formula asosida rivojlangan"

Yaqin vaqtga qadar bir necha o‘n yillik davomida O‘zbekiston dunyodagi eng yopiq va o‘z-o‘zini izolyasiya qilgan davlatlardan biri edi. O‘zbekiston - jadal rivojlanuvchi xususiy sektorni yaratmagan mamlakat edi. Endilikda amalga oshirilmoqchi bo‘lgan islohotlarni hisobga olib aytish mumkinki, bu unchalik to‘g‘ri formula bo‘lmagan, dedi bugun Markaziy bank binosida chiqishi davomida XVF boshqaruvchi direktori Kristin Lagard.

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlar O‘zbekiston yana bir karra insonlarni ilhomlantiruvchi davlat maqomini o‘ziga qaytarishga intilayotganidan dalolat beradi, dedi Lagard.

Shuni ham aytib o‘tishim joizki, so‘nggi ikki yilda amalga oshirilayotgan islohotlar trayektoriyasi, davlat rahbaringizning shijoati ko‘plab kuzatuvchilarni, shu jumladan XVFni ham ilhomlantirmoqda , - dedi Kristin Lagard.

Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori O‘zbekiston taraqqiyoti uchun yangi formulani sanab o‘tdi.

Bu formula: sifatli investisiyalar ko‘lamini oshirish, makroiqtisodiy va moliyaviy stabillikni ushlab turish va korrupsiyaga qarshi kurashdan iborat.

Lagardga ko‘ra, ayniqsa, korrupsiya ildizi yo‘qotilmasa, bu kelishi mumkin bo‘lgan investorlarni mamlakatdan uzoqlashtirishi mumkin.

Kristin Lagard XVJ bor salohiyatini ishga solgan holda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:45 17.05.2019. O'qildi: 4012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!