Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘n minglab suriyalik terrorchilar asiriga aylandi

A A A
O‘n minglab suriyalik terrorchilar asiriga aylandi

Suriyaning janubi-g‘arbida 50 mingdan ortiq kishi ISHIDga aloqador terrorchilarning asiriga aylangan.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi Yens Lerkening bildirishicha, Suriyaning janubi-g‘arbiy viloyatlari – Dar’a, Qunaytra va Suvaydada oxirgi haftalardagi qurolli to‘qnashuvlar natijasida 182 mingdan ziyod kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Ularning bari shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj.  

“Oxirgi haftalarda Suriya hukumati yangi hududlarni qo‘lga kiritdi va ayni paytda qurolli guruhlar qo‘lida Jo‘lon tepaliklari yonidagi kichkina hudud qoldi. Janub tomondagi 200 kvadrat kilometrlik hudud ISHIDga aloqador “Jaysh Xolid inb Valid” guruhi nazoratida qolmoqda”, – dedi Lerke.  

Mazkur guruh odamlarning harakatlanishini cheklab qo‘ygan. Harbiy harakatlar kuchayishidan oldin bu hududda taxminan 55 ming kishi istiqomat qilar edi, ulardan atigi bir necha mingi qochishga muvaffaq bo‘lgan. Qolganlar o‘ta qiyin sharoitda yashamoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 21-23 iyul kunlari bu yerda ketma-ket aviazarbalar amalga oshirilgan, oqibatda tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. 

Jo‘lon tepaliklarining boshqa hududlaridagi 100 ming aholi ham og‘ir vaziyatda. Qurolli to‘qnashuvlar to‘xtamayotgani uchun bu odamlarga gumanitar yordam yetkazib bo‘lmayapti.  

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:50 28.07.2018. O'qildi: 1426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik