Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablar soddalashtiriladi

A A A
Umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablar soddalashtiriladi

“Tadbirkorlik sub’ektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–178-son, 27.07.2022 y.) qabul qilindi.

🌐 Farmonga ko‘ra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.

📝 Portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib boriladi.

🔰2022 yil 1 avgustdan:

🔹 portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:

▫️tadbirkorlar;
▫️Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;
▫️Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Vakil);
▫️hokim yordamchilari;

🔹 murojaatlar avtomatik yoki Vakil tomonidan vakolatli organlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun yo‘naltiriladi;

🔹vakolatli organlar murojaatlarni ko‘rib chiqib natijalari to‘g‘risida axborotni portalga kiritadi;

🔹 Vakil murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatadi hamda qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi.

🗓 Vakil har yili 1 martgacha Prezidentga davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.

📁 Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 1 sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi Hukumatga kiritiladi.

Kiritildi: 11:31 28.07.2022. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!