Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb etiladi

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb etiladi

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (233-son, 24.04.2024-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlarni davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq joriy yilda respublika bo‘yicha jami uzunligi 260 km bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:45 25.04.2024. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!