"Sabax" klubida to‘p surayotgan Umarali Rahmonaliyev Ozarbayjon chempionati g‘olibiga aylandi.
Ma’lum bo‘lishicha, jamoaning asosiy raqobatchisi “Qarabog‘” “Neftchi”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, chempionlik uchun kurashni barvaqt yakunladi.
Hozirda “Sabax” jamoasining ochkolari 72 tani tashkil etadi va ikkinchi o‘rindagi klubdan 13 ochko farq bilan oldinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, “boyqushlar” navbatdagi uchrashuvni 3 may kuni “Shamaxi”ga qarshi o‘tkazadi