Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘lik tug‘ilgan bolani dafn etish uchun nafaqa beriladimi?

A A A
O‘lik tug‘ilgan bolani dafn etish uchun nafaqa beriladimi?

Qonunchilikka ko‘ra, vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsga dafn etish uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan nafaqa beriladi.

Dafn etish uchun nafaqa murojaat etilgan kunda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan:

👉 vafot etgan shaxs pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olib turgan yoxud ishlamagan va pensioner bo‘lmagan hollarda — o‘lim haqidagi guvohnoma asosida;

👉 o‘lik bola tug‘ilgan yoki bola hayotining birinchi haftasi davomida vafot etgan (perinatal o‘lim) taqdirda —  perinatal o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida to‘lanadi.

Kiritildi: 13:02 02.09.2020. O'qildi: 2733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!