Shu yil 26 sentyabr kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yashovchi A.A. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 29 avgust kuni o‘z uyida tanishi muqaddam sudlangan K.K. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganida K.K., uning chalg‘iganligidan foydalanib, “LG” rusumli kompyuter jamlanmasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida K.K. qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.