Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Ular bo‘yicha ham anjuman o‘tkaziladi..."

"Ular bo‘yicha ham anjuman o‘tkaziladi..."

IIV rahbari sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va u bilan sudlangan boshqa xodimlar aybsiz deb topilgan. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi.

“Ular bo‘yicha ham anjuman o‘tkaziladi, savollaringiz bo‘lsa o‘sha yerda tergov qilgan va hukm chiqargan idoradan so‘raysiz. Bu masalada bizlar umumiy qilib aytishimiz mumkin, bitta Abdullayev emas, u yerda boshqa rahbar yoki xodimlarni aybsizlik masalasi ham to‘liq ko‘rib chiqilgan”, dedi Ashropov 9 oktyabrdagi matbuot anjumanida.

General-mayor Bekmurod Abdullayev 2021 yil apreldan boshlab ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2025 yil noyabrida ushbu lavozimdan olingan. 2026 yil yanvarida u davlat mulklarini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumonlanib qamoqqa olindi, keyinroq garov evaziga ozod etilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

15 aprel kuni Bekmurod Abdullayev va ishga aloqador boshqa amaldorlar yetkazilgan zararni qoplagani sabab ozodlikka chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sentyabr oyida esa u oqlangani aytildi.

Kiritildi: 03:30 10.10.2026. O'qildi: 1595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik