Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘ktam Barnoyev koronavirusdan vafot etmagan...

O‘ktam Barnoyev koronavirusdan vafot etmagan...

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev insultni boshdan kechirgan. Bu haqida «Kun.uz» o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

«Kun.uz» manbasining xabar berishicha, Barnoyevda koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng insult kuzatilgan. Shundan keyin u davolanish va bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan va o‘sha yerda davolanish vaqtida olamdan o‘tgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Buxoroda dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ham Buxoroga borishi kutilmoqda.

Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu xabarda marhumning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingani ma’lum qilingandi. Bu xabarni Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zolari Anvar Alimov hamda Habibullo Oqilov tasdiqlagan.

Kiritildi: 16:02 20.09.2020. O'qildi: 7621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!