Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning NATOga taklif qilinishiga AQSh tomonidan endi hech qanday e’tiroz yo‘q — Le Monde

Ukrainaning NATOga taklif qilinishiga AQSh tomonidan endi hech qanday e’tiroz yo‘q — Le Monde

Fransuz nashrining manbalariga tayanib yozishicha, bu haqda Jo Bayden, Emmanuel Makron, Olaf Shols va Key Starmer o‘rtasida 18 oktabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Le Monde suhbatdoshi, agar Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Bayden o‘tish davrida Ukrainani NATOga taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

"Vashingtonning yangi pozisiyasi Berlinning bu boradagi fikrini o‘zgartirishi mumkin. Biroq bu faqat Qo‘shma Shtatlar va Germaniyaga bog‘liq emas, NATO'ga qo‘shilish qarorini alyans a’zolari birgalikda ma’qullashi kerak. Vengriya yoki Turkiya Ukrainaning NATO'ga a’zoligiga qarshi chiqishi mumkin", deb yozadi gazeta.

Kiritildi: 23:55 19.10.2024. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!