4-iyun kuni ertalab Ukraina Yujno-Donetsk yo‘nalishida besh sektorda keng ko‘lamli hujumni boshladi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi 5-iyunga o‘tar kechasi.
Oldinga nazorat punktlaridan birida Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov edi. Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi o‘z maqsadlariga erisha olmaganini ma’lum qildi.
Rossiya harbiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari strategik zaxiradagi 23 va 31-mexanizasiyalashgan brigadalarni jangga olib kirishgan, ularga boshqa harbiy qismlar va bo‘linmalar yordam bergan. Oltita mexanizasiyalashgan va ikkita tank batalonlari jalb qilingan.
“Dushmanning maqsadi, uning fikricha, frontning eng zaif qismida mudofaamizni yorib o‘tish edi. Dushman o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajara olmadi, muvaffaqiyatga erisha olmadi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligining Telegram’dagi xabarida.