Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainani tiklash qanchaga tushadi?

Ukrainani tiklash qanchaga tushadi?

Yaqin 10 yil mobaynida urush oqibatida vayron etilgan Ukraina infratuzilmasini qayta tiklash uchun kamida 524 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda BMT bosh kotibining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Miroslav Yensa BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ma’lum qildi.

Bosh kotib o‘rinbosari Rossiya tomonidan Ukraina fuqaroviy infratuzilmasiga zarbalar berilayotganini qoralar ekan, hujumlar oqibatida zarar ko‘lami tobora ortib borayotganini aytgan.

Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 2022 yil 24 fevral kunidan buyon hujumlar oqibatida 13580 nafar ukrainalik tinch aholi vakili, jumladan, 716 nafar bola halok bo‘lgan.

Miroslav Yensaning bong urishicha, Ukrainada gumanitar vaziyat tobora yomonlashmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida tinch aholi vakillari o‘rtasida jabrdiydalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga ortgan. Aholi oziq-ovqat, suv, elektr ta’minoti va tibbiy xizmatlar borasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

Ukraina aholisining 3,7 million nafari yashash joyini tark etib, mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chgan bo‘lsa, 6 million nafari xorijda qochqin sifatida yashamoqda.

BMT bosh kotibi muovini Xavfsizlik kengashidan Ukrainadagi tinch aholi va fuqaroviy infratuzilmani himoya qilish, insonparvarlik ko‘magini oshirish va gumanitar operasiyalar o‘tkazishga e’tibor qaratishni so‘ragan.

Kiritildi: 18:13 28.07.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!