Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukrainani NATO'ga qisman taklif qilish mumkin emas, - Zelenskiy

Ukrainani NATO'ga qisman taklif qilish mumkin emas, - Zelenskiy

Ukraina prezidenti Kiyevdagi matbuot anjumanida hududining bir qismi bosib olingan davlatni NATO'ga taklif qilish mumkin emasligini ma’lum qildi.

"Ukraina o‘z hududlari Rossiya tomonidan bosib olinganini qonuniy jihatdan hech qachon tan olmaydi. Putin buni tushunishiga ishonchim komil emas, lekin men sivilizasiyalashgan dunyo buni tushunishini istayman", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Bir kun avval Zelenskiy Sky News telekanaliga bergan intervyusida, agar Ukrainaning Kiyev nazorati ostidagi hududi “NATO himoyasi ostiga” olinsa, Rossiya bilan urushning “qaynoq bosqichi” tugashi mumkinligini aytgan edi.

Kiritildi: 23:30 01.12.2024. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!