Ukrainaga ajratilgan yangi harbiy yordam paketiga katta miqdordagi artilleriya o‘q-dorilari, raketa tizimlari va havo himoya vositalari kiritilgan
AQSh Ukrainaga antidron tizimlari, HIMARS tizimi uchun raketalar va piyodaga qarshi minalar yuborishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, Amerika harbiy yordam paketining yangi tarkibiga Stinger ko‘chma havo himoya tizimlari uchun o‘q-dorilar ham kirishi haqida xabar qilingan edi. Ushbu paket Rossiya armiyasining hujumlarini to‘xtatishda Ukraina qurolli kuchlariga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, hozirgi ma’muriyat vakolat muddati yakunlangunga qadar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.