Rossiya 2025 yilning ilk tunida Ukrainaga 111 ta dron bilan hujum qildi.
Ukraina Qurolli kuchlarining xabar berishicha, dronlarning 63 tasi urib tushirilgan, 46 tasi nishonga yeta olmagan.
Ukraina Harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, Poltava, Sumi, Kiyev, Chernigov, Zaporoje, Jitomir, Xmelniskiy, Kirovograd va Nikolayev viloyatlarida, shuningdek poytaxt Kiyev shahrida dronlar hujumi qaytarilgan va bir necha ob’ektlarda yong‘in sodir bo‘lgan.