Bunday kutilma Xalqaro valyuta jamg‘armasining asosiy ssenariysida keltirilgan.
Shu bilan birga, XVJ tahlilchilari o‘z hisobotida “noqulay omillar” haqida yozishgan. Ularning fikricha, yaqinda gaz infratuzilmasiga uyushtirilgan yirik hujumlar va Pokrovsk yaqinidagi muhim ko‘mir shaxtasining yopilishi 2025 yilda Ukrainada iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
XVJ, shuningdek, jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan EFF (Extended Fund Facility) dasturi doirasida Kiyevga jami 10,1 milliard dollar (9,3 milliard yevro) ajratilishini ma’lum qildi. Xususan, keyingi transh doirasida Kiyevga byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 0,4 milliard dollar (0,3 milliard yevro) o‘tkaziladi.