Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainadagi mojaro zonalarida nogironlar qolmoqda

A A A
Ukrainadagi mojaro zonalarida nogironlar qolmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi juma kuni nogironlar Ukrainaning urushdan vayronaga aylangan hududlarida qolib keta olmasligini aytdi.

Qo‘mita bunday odamlarning barchasini mojaro zonalaridan zudlik bilan evakuasiya qilishga chaqiradi.

"Ularning eng oddiy huquqlarini ta’minlash - oziq-ovqat va maqbul yashash sharoitlarini ta’minlash, jumladan, issiqlik ta’minotidan foydalanish kelgusi qish oylarida xavf ostida qoladi", dedi qo‘mita raisi o‘rinbosari Jonas Ruskus.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilotda kamida 12 nafar nogironning Rossiya nazorati ostidagi hibsxonada halok bo‘lgani haqida ma’lumot bor.

Qo‘mitaga nogironlar “g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlanayotgani” haqida xabarlar keladi.

Kiritildi: 10:55 10.09.2022. O'qildi: 2295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik