2022 yil fevral oyida Rossiya bosqinining boshlanishidan beri Ukrainadagi 15 fuqarolik aeroporti shikastlangan, dedi Bosh vazir Denis Shmigal. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.
Xorijga chiqmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar qo‘shni davlatlarga avtomobil yoki temir yo‘l orqali borishga majbur. Mamlakatning sharqiy qismi aholisi uchun bunday sayohat bir kun davom etishi mumkin, deya qayd etadi nashr.
Shmigalning ta’kidlashicha, Ukraina o‘z havo hududini qisman ochish imkoniyatlarini o‘rganmoqda - u urush boshidan butunlay yopilgan, ammo hozir bu mumkin emas. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi uch oy ichida Rossiya Federasiyasi Ukraina port infratuzilmasiga qariyb 60 marta hujum qilgan, 300 ga yaqin ob’ekt va 22 fuqarolik kemasiga zarar yetkazgan yoki yo‘q qilgan.