Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi: 4 kishi halok bo‘lgan va 110 ta uy vayronaga aylangan

Ukrainada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi: 4 kishi halok bo‘lgan va 110 ta uy vayronaga aylangan

7 iyul kuni Ukrainaning sharqida joylashgan Lugansk hududida o‘rmon yong‘inlari yuz berdi. Natijada, to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana to‘qqiz kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati xabar bergan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati bayonotida aytilishicha, Luganskdagi ikkita qishloqda 80 ta dacha hamda 30 ta aholi turar joyi vayronaga aylandi.

Ma’lumot uchun, Ukraina shimolidagi “o‘lik” zona hisoblanuvchi Chernobil atom zavodi atrofida va boshqa hududlarda bu yilgi bahorda bo‘lib o‘tgan o‘rmon yong‘inlari sababli poytaxt Kiyev shahri havosining ifloslanish darajasi dunyodagi eng baland ko‘rsatkichga chiqdi.

Kiritildi: 04:30 09.07.2020. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!