Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada kosmik qo‘shinlar paydo bo‘lishi mumkin

Ukrainada kosmik qo‘shinlar paydo bo‘lishi mumkin

Ukraina Mudofaa vazirligi davlat va xususiy kompaniyalar, shuningdek, olimlarning mudofaa kuchlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etadigan va kosmik kuchlarni yaratishga yordam beradigan kosmik siyosat bo‘limini yaratdi.

Bu haqda mudofaa vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Yekaterina Chernogorenko ma’lum qildi.

"Bizda kosmik faoliyat to‘g‘risidagi qonun bor, unda Mudofaa vazirligi harbiy koinot sohasida siyosatni shakllantirishi kerakligi aytilgan. Bu nafaqat muhandislardan innovasion yechimlarni sotib olish, bu nafaqat Ukrainaga eng yaxshi yechimlar kelishi uchun hamjamiyatni yaratish, balki kosmik qo‘shinlarni yaratishdir", dedi u.

Chernogorenkoning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirligi kosmik texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlar uchun Ukrainadagi asosiy mijozga aylanish niyatida. Va bu bo‘lim mudofaa kuchlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun davlat va xususiy muassasalarni, kosmik soha olimlarini birlashtirishi kerak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2030 yilga borib Ukraina mudofaa maqsadlarida milliy sun’iy yo‘ldoshlar, shuningdek, havo hujumidan ogohlantirish tizimi va kosmik nazoratga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 07:40 30.03.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!