Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukrainada ilk marta robot operasiyada ishtirok etdi

Ukrainada ilk marta robot operasiyada ishtirok etdi

Ukrainaning Lvov shahridagi kasalxonada birinchi marta "Da Vinci" ismli robotdan foydalangan holda 13 yoshli qizchada ichak operasiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Korrespondet.net nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 yoshli bemor ichak patalogiyasi bilan tug‘ilgan.

Bundan avval amalga oshirilgan 3 ta operasiya bemorning holatiga ijobiy ta’sir etmagan. Bemorning ota-onasi robot haqida xabar topishdi va klinikaga murojaat qilishdi.

Klinikada robot ishtirokida ichakda har biri sakkiz millimetr kattalikdagi uchta jarrohlik amaliyotini amalga oshirishdi.

Operasiya deyarli uch soat davom etgan. Robot bilan birgalikda amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kiritildi: 13:49 02.03.2021. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!