Gazeta bu haqda G‘arb razvedkasidagi nomini oshkor etmagan amaldorga tayanib xabar berdi.
"Kiyev yo‘qotishlarni o‘rnini qoplash qisman va zaxiralarga ega bo‘lish uchun yetarli kuchga ega bo‘ldi. Ammo yirik qarshi hujumni boshlash uchun hozirgidan bir necha barobar ko‘proq kuch kerak", — deya qayd etadi nashr manbasi.
WSJ'ning nomini oshkor etmagan ukrainalik amaldordan iqtibos keltirishicha, Kiyevning o‘tgan yilgi qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, Ukrainaning oldida pozisiyalarni egallash uchun G‘arb qurollaridan foydalanish vazifasi turibdi.