Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina – XVJning eng yirik qarzdorlaridan biri: Mamlakatning qancha qarzi bor?

Ukraina – XVJning eng yirik qarzdorlaridan biri: Mamlakatning qancha qarzi bor?

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 13,8 milliard dollar kredit transhini olgach, ushbu moliya institutidan qarzdorlik bo‘yicha ikkinchi yirik mamlakatga aylandi, deyilgan tashkilot tarqatgan ma’lumotda.

XVJ rahbariyati juma kuni ushbu mamlakatga moliyaviy yordam dasturini qayta ko‘rib chiqdi va Kiyevga 2,2 milliard dollar miqdorida yangi yordam transhi ajratdi.

28 iyunga qadar Ukraina XVJdan qarzini 11,6 milliard dollarga yetkazib, yirik qarzdor sifatida uchinchi o‘ringa chiqqandi. Mazkur moliya institutidan eng ko‘p qarz olgan mamlakatlar ro‘yxatida Misr 13,6 milliard dollar bilan uchinchi o‘ringa tushdi. Ro‘yxatni 2018 yil 57 milliard dollar olgan Argentina boshqarmoqda.

Kiritildi: 18:20 05.07.2024. O'qildi: 4119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!