Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina yiliga 20 milliard dollarlik qurol ishlab chiqarishi mumkin

Ukraina yiliga 20 milliard dollarlik qurol ishlab chiqarishi mumkin

Ukraina harbiy sanoati yiliga 20 milliard dollarlik qurol ishlab chiqarishga qodir.

Bu haqda Ukraina sobiq strategik sanoat vaziri, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning strategik masalalar bo‘yicha mustaqil maslahatchisi Aleksandr Kamishin ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025 yilda bu miqdor 30 milliard dollargacha oshadi. Agentlikning ta’kidlashicha, gap boshqa narsalar qatorida juda ko‘p sonli uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, 1,5 ming km gacha parvoz masofasiga ega ballistik raketalarni ishlab chiqarish qobiliyati haqida bormoqda.

Noyabr oyi boshida Ukrainaning "Spettexnoyeksport" davlat korxonasi direktori Aleksey Petrov Ukraina kelasi yilning o‘rtalarida o‘zining ballistik va qanotli raketalarini ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

Kiritildi: 17:28 11.11.2024. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!