Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina yashirin sxemalar tufayli yiliga 21 milliard dollargacha zarar ko‘rishini e’lon qildi

Ukraina yashirin sxemalar tufayli yiliga 21 milliard dollargacha zarar ko‘rishini e’lon qildi

Har yili Ukraina davlat byudjeti yashirin sxemalar tufayli 19,2 - 21,6 milliard dollar yo‘qotadi, mamlakat iqtisodiyotining 30 dan 50 foizigacha soyada.

Forbes nashrining Ukraina versiyasiga tayanib, bu haqda Oliy Radaning Moliya, soliq va bojxona siyosati qo‘mitasi rahbari Danilo Getmansev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ukraina iqtisodiyotining taxminan 30-50 foizi soyada.

"60 foizdan ko‘prog‘i soyada qolayotgan tarmoqlar borki, bu iqtisodiy rivojlanishga asosiy to‘siq", — deya Getmansev so‘zlarini keltiradi nashr.

Deputat, shuningdek, iqtisodiyotni soyadan chiqarish Ukraina armiyasi ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun byudjetdagi mablag‘ yetishmasligini qoplashi mumkinligini ta’kidladi. Armiya uchun mablag‘ yetishmasligi haqida avvalroq Rada deputati Dmitriy Razumkov ma’lum qilgan, u defisitni 12 milliard dollar yoki 0,5 trillion grivnaga baholagan edi.

Kiritildi: 09:48 31.05.2025. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!