Ukraina joriy yilning iyun oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) 487 million dollar miqdorida navbatdagi transhni olishi mumkin.
Bu haqda Moliya vaziri Sergey Marchenko Kanadada G7 moliyaviy bloki yig‘ilishlari doirasida XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
"Bugun biz XVJ missiyasi bilan dasturni sakkizinchi marta qayta ko‘rib chiqish ustida ishlayapmiz va uning Ukraina uchun ijobiy natijasini kutmoqdamiz," - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Ukrainaning davlat byudjeti ichki daromadlarini safarbar qilish, qarz barqarorligini saqlash, tashqi moliyalashtirish tushumlari sur’ati, shuningdek, Ukraina Milliy daromadlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi taraqqiyotini muhokama qilgan.