Ukraina fuqarolarining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i saylovda mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Kiyev xalqaro sosiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.
Tadqiqotga ko‘ra, fevral oyi boshiga kelib, amaldagi davlat rahbarining saylovchilar orasidagi reytingi 25,1 foizdan oshgan. Uning eng yaqin raqibi, sobiq prezident va Yevropa birdamlik partiyasi yetakchisi Pyotr Poroshenkoni aholining 21,8 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Mamlakatning sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoning mashhurligi 11,8 foiz, Muxolifat platformasi - «Hayot uchun» partiyasi rahbari Yuriy Boykoning mashhurligi 8,3 foiz atrofida o‘zgarib turadi.
Tadqiqotda jami 18 yoshdan oshgan ikki ming ukrainalik ishtirok etdi.