Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokara qachon davom ettiriladi?

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokara qachon davom ettiriladi?

Ukraina bilan muzokaralarni Rossiya to‘xtatmadi. Kiyev tayyorligini bildirishi bilan Moskva muzokaralar stoliga qaytadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.

“Biz muzokaralar jarayonini to‘xtatmadik. Buni ukrainalik hamkorlarimiz to‘xtatib qo‘yishdi. Ular muzokaralar stoliga qaytishga tayyor ekanliklarini bildirishlari bilan biz ijobiy javob beramiz”, deydi Rudenko.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Ukraina bilan muzokaralar to‘xtatilganini, ular hech qanday shaklda olib borilmayotganini ma’lum qilgandi.

Shundan so‘ng, Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak brifingda Andrey Rudenkoning so‘zlarini tasdiqlab, Kiyev Rossiya dunyodagi siyosiy jarayonlarda salbiy rol o‘ynagani tufayli u bilan muzokaralarni to‘xtatganini aytib o‘tdi.

Kiritildi: 22:47 19.05.2022. O'qildi: 2570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!