Financial Times 2025 yil uchun prognozini e’lon qildi.
Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi 2025 yildayoq tuzilishi mumkin. Buning uchun, nashrga ko‘ra, Tramp Rossiyaga qattiq shartlar, jumladan, sanksiyalarni kuchaytirishi va “Moskvani muzokaralarda jiddiy ishtirok etish zarurligiga ishontirish” uchun Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi kuchaytirish zarur bo‘ladi.
“Zelenskiy Rossiyaning hozirda egallab turgan hududi ustidan qonuniy emas, balki amaldagi nazoratiga rozi bo‘ladi. Hududlar almashinuvi va AQSh ko‘magida Yevropa xavfsizlik kafolatlariga qaytish bo‘ladi va Ukrainaning NATOga kirishi oxir-oqibat muzlatiladi. Putin Yevropaning qarori oxir-oqibat zaiflashishiga ishonadi”, deb yozadi FT.