Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko Facebook'da ushbu hujjat bo‘yicha "AQSh bilan yangi ijobiy qadamga erishilgani" haqida yozdi.
"Bizning texnik jamoalarimiz kelishuv ustida birgalikda juda puxta ishladilar, sezilarli yutuqlar ham bor, huquqshunoslar ushbu loyihaga to‘g‘ri urg‘u berishdi, ikkala jamoadagi muzokarachilarga rahmat", – deya ta’kidladi Sviridenko.
Yaqin vaqt ichida kelishuvni rasmiylashtirishni yakunlash bo‘yicha ishlar olib boriladi.
AQSh ko‘rsatilgan yordamga javoban Kiyevdan Ukraina foydali qazilmalaridan ustuvor asosda foydalanish huquqini olmoqchi. Bu boradagi kelishuv fevral oyi oxirida tuzilishi rejalashtirilgan edi, biroq kelishuv barbod bo‘lgandi.
Mart oyi oxirida AQSh yer osti boyliklari bo‘yicha kelishuvning yangi variantini tayyorlagani ma’lum bo‘ldi, unda Ukrainaning barcha tabiiy resurslaridan foydalanish haqida so‘z borgan. Ukraina rasmiylari bu variantlardan biri ekanini, shartnoma muhokamasi esa davom etayotganini ma’lum qildi.