Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukraina prezidenti va Yaponiya bosh vaziri Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti va Yaponiya bosh vaziri Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasini muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isibo bilan muzokara o‘tkazdi, unda tomonlar Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni muhokama qildi.

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni matbuot xizmati xabar berdi.

Zelenskiy Yaponiyaga Ukrainaga jami 12 milliard dollarlik gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

U, shuningdek, Tokioning Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan qaytariladigan yana 3 milliard dollar kredit ko‘rinishida berish qarorini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Yaponiya OAVlari Yaponiya hukumati Rossiya va Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Tokio bunday harakatlarni boshqa davlatlar, xususan G7 davlatlari bilan muvofiqlashtirmoqchi.s

Kiritildi: 21:22 25.12.2024. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!