Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni o‘z vaqtini jurnalistlarning savollariga javob berish bilan o‘tkazmoqchi. Hozircha prezident uch soatdan oshiq vaqt davmoida ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Zelenskiy Donbassdagi qo‘shinni tarqatish va “Shtaynmayer formulasi”ga qarshi o‘tkazilayotgan aksiyalar bo‘yicha berilgan savolga javob berarkan, aniq shpagat holatida Van Damm ekanligini aytdi. Zelenskiy o‘zidan oldingilar qo‘shinni tarqatish majburiyatini olganini aytgan.
“Xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni ta’minlash maqsadida qo‘shinni tarqatib yuborishim mumkin”, degan Zelenskiy.
“Men qaror qabul qilaman, shuning uchun ham prezidentman. Kuchli prezident bo‘lishni istayman”, degan Zelenskiy.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishganidan 100 kun to‘lishi ortidan bergan intervyusida qayta rol o‘ynamasligini ta’kidlarkan “ortiq aktyor emasligi va hech nimadan qo‘rqmasligi”ni aytgandi.