Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakning aytishicha, ukrainalik harbiylar yana Patriot havo mudofaa tizimlari oladi.
Bu haqda Yermak 27 iyul, shanba kuni Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi. «Patriotlar ko‘proq bo‘ladi», deb yozgan Yermak.
Shu bilan birga, Yermak Ukraina uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini qo‘shimcha etkazib berish tafsilotlarini aniqlamadi.
Ukraina davlat matbuotiga ko‘ra, AQSh prezidenti NATO sammiti arafasida e’lon qilgan Ukrainaga so‘nggi harbiy yordam paketi doirasida Vashington Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari batareyasini topshirgan.
Prezident Vladimir Zelenskiy va Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis Ukraina va Ruminiya o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Xususan, Ruminiya Patriot tizimini o‘tkazadi.
Zelenskiy, shuningdek, Germaniyadan Patriot havo mudofaa tizimi allaqachon Ukrainaga yetib kelganini, bu esa Ukrainaning havo hujumidan mudofaa qobiliyatini ikki baravar oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning boshlanishi ekanligini aytdi.