Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina parlamenti mudofaa vazirining iste’fosini ma’qulladi

A A A
Ukraina parlamenti mudofaa vazirining iste’fosini ma’qulladi

Ukraina Oliy Radasi Oleksiy Reznikovning mudofaa vaziri lavozimidan ketishini yoqlab ovoz berdi.

Bu haqda deputat Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligida oziq-ovqat mahsulotlarini qimmat narxlarda xarid qilish kabi qonunbuzarliklar bilan bog‘liq janjaldan so‘ng Reznikovning iste’foga chiqishi haqida uzoq mish-mishlar yurgan edi.

Ma’lum qilinishicha, parlament majlisida qatnashgan 365 deputatdan 327 nafari uning iste’fosini yoqlab, 4 nafari qarshi, 11 nafari betaraf, 23 nafari esa ovoz berishda qatnashmagan.

Kiritildi: 22:53 05.09.2023. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik