Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyati Lgov shahrida Rossiya armiyasining 810-brigadasi qo‘mondonlik punktiga bergan zarbasi natijasida brigada qo‘mondoni o‘rinbosari va yana 17 nafar rossiyalik harbiy xizmatchilar, aksariyati shtab zobitlari halok bo‘ldi.
Zarba 25-dekabr kuni berilgan. Rossiya tomoni UQK jangchilari go‘yoki tinch aholini o‘qqa tutganini da’vo qilgan.