Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Kanadadan 1,7 milliard dollar oldi

Ukraina Kanadadan 1,7 milliard dollar oldi

Ukraina Favqulodda daromadlarni tezlashtirish (ERA) tashabbusi doirasida Kanadadan taxminan 1,7 milliard dollar (2,3 milliard Kanada dollari) oldi.

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal "Telegram"dagi kanalida ma’lum qildi.

"Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda Rossiyani sodir etgan jinoyatlari va vayronagarchiliklari uchun tovon to‘lashga majbur qilmoqdamiz. Yil boshidan buyon so‘nggi transhni hisobga olgan holda, biz immobilizasiya qilingan Rossiya aktivlaridan taxminan 17,6 milliard dollar oldik", deb yozdi u.

Shmigalning ta’kidlashicha, Ukraina muzlatilgan Rossiya mablag‘larini to‘liq musodara qilishni talab qilmoqda.

"Ular tajovuz qurbonlariga tovon puli to‘lash va davlatimizni tiklash uchun kerak. Bu ham kelajakda tajovuzkor urushlarning oldini olish uchun adolatli harakat bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: Bugun 00:31. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!