Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina generali: Amerika snaryadlari ruslarning tezligini sekinlashtirdi

Ukraina generali: Amerika snaryadlari ruslarning tezligini sekinlashtirdi

Amerika artilleriya snaryadlari allaqachon ilg‘or Ukraina bo‘linmalari ixtiyoriga yetib borgan va Rossiya harbiy operasiyalari sur’atini sekinlashtira boshlagan. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-leytenant Ivan Gavrilyuk ma’lum qildi. Uning sharhini Britaniyaning Telegraph gazetasi keltirmoqda.

Gavrilyuk, shuningdek, o‘q-dorilarni qayta yetkazib berish muhim ekanini, biroq AQSh aprel oyida va’da qilgan qurollarning aksariyati hali ham yo‘lda ekanini ta’kidladi. «Atlantikani kesib o‘tishi kerak bo‘lgan kemalarni yuklash uchun vaqt kerak,» dedi u, «lekin biz allaqachon natijalarni ko‘rmoqdamiz.»

«Vaqt o‘tib, hamma narsani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganimizda, biz ustunlikka erishamiz», - deb va’da berdi Gavrilyuk.

Kiritildi: 10:39 17.06.2024. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!