Ukraina “har jihatdan” YEIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor emas. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiosi efirida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Muzokaralarni boshlash mumkin emas, bu Vengriyaning aniq pozisiyasi”, – dedi Orban.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Mako Quddusdan uzoq bo‘lgani kabi Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zolikdan ham shunchalik uzoqda”.
Bu venger maqolida Muqaddas zaminga yo‘l olgan salibchining bir kuni kemada uyg‘onib, o‘zini Quddusda deb o‘ylagani, aslida esa uning kemasi hali ham hozirgi Xorvatiya qirg‘oqlarida bo‘lganligi haqidagi afsonaga ishora qiladi.