Ukraina va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi urush «taktik to‘qnashuvlar» bosqichiga kirdi va bu mojaroga xalqaro qiziqishning pasayishiga olib keldi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar Anqaradagi Ukraina diplomatik missiyasi binosida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari davom etmoqda, bu esa Ukrainaning ko‘plab shaharlarida keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib keladi».