Temryuk portida Ukraina droni hujumi natijasida 2000 kvadrat metr maydonni egallagan ikkita neft saqlash ombori yonib ketdi.
Bu haqda Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha favqulodda vaziyatlar bo‘yicha shtab o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Temryuk portida dron hujumidan so‘ng ikkita neft saqlash ombori yonib ketdi. Yong‘inning umumiy maydoni taxminan 2000 kvadrat metrni tashkil etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda", — deyiladi xabarda.
Yong‘inni o‘chirishga 70 kishi va 18 texnika, jumladan, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi xodimlari jalb qilingan.